Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot ma'muriyati probatsiya bo'linmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
mahkum egallash va shug'ullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish;
probatsiya bo'linmasiga hukm talablari ijro etilganligi to'g'risida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yo'llash;
mahkum boshqa ishga o'tkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda probatsiya bo'linmasiga xabar qilish.
lex.uz’dagi asl matn23-modda. Korxona, muassasa, tashkilot ma'muriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari
(23-модданинг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 7 августдаги ЎРҚ-938-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.08.2024 й., 03/24/938/0591-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.