Criminal Executive Code

192-modda. Bemorlar va ruhiy kasalliklar shifoxonasi xodimlari xavfsizligini ta'minlash

(192-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bemorlar va xodimlar xavfsizligini ta'minlash, bemorlarning ruhiy kasalliklar shifoxonasi (bo'linmasi) doirasidan tashqariga o'zboshimchalik bilan chiqib ketishining oldini olish maqsadida nazorat-ruxsatnoma tizimi joriy etiladi. Umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonalarini qo'riqlash tibbiy xodimlar tomonidan, sud-psixiatriya ekspertizasi bo'linmalari va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida — ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bemor jazavaga tushgan, shuningdek tibbiy xodimlarga itoat etmagan va ularga jismoniy qarshilik ko'rsatgan taqdirda unga nisbatan qo'lkishan, bog'lash vositalari va boshqa maxsus vositalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qo'llanilishi mumkin
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.