Criminal Executive Code

19-modda. Jazoni ijro etish tartibi

(19-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 16 октябрдаги ЎРҚ-448-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 2017 й.)

Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda to'lashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda to'lamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan mahkumga nisbatan qo'llanilmaydi. O'n sakkiz yoshga to'lmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda to'lashi shart. Agar belgilangan muddatda jarimani to'liq miqdorda to'lashga mahkumning imkoni bo'lmasa, sud uning iltimosnomasiga ko'ra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.