Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralari sog'liqni saqlash organlari tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi xulosasiga muvofiq quyidagi tartibda qo'llaniladi:
majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo'lish va davolanish ruhiy holati buzilgan shaxsning yashash joyi bo'yicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) amalga oshiriladi;
ruhiy holati buzilgan shaxsni jamiyatdan batamom ajratib majburiy davolash, uning ruhiy holatiga qarab, umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo'limida yoki umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya bo'limida yoxud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn181-modda. Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash tartibi
(181-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 12 сентябрдаги ЎРҚ-567-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.09.2019 й., 03/19/567/3737-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.