Criminal Executive Code

161-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish tartibi

(162-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 24 сентябрдаги ЎРҚ-115-сонли Қонуни билан чиқарилган — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 39-сон, 401-модда)

Mahkumni harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish to'g'risida hukm chiqargan sud hukmning nusxasini shu unvonni bergan organga yuboradi. Zaxiradagi harbiy xizmatchiga taalluqli hukm nusxasi uning yashash joyidagi mudofaa ishlari bo'limiga yuboriladi. Unvon bergan organning mansabdor shaxsi mahkumni unvondan mahrum qilish to'g'risidagi yozuvni belgilangan tartibda tegishli hujjatlarga kiritadi, bu unvon bilan bog'liq huquq va imtiyozlarni tugatish choralarini ko'radi hamda hukm chiqargan sudga hukmning nusxasi olingan kundan boshlab bir oylik muddat ichida uning ijro etilganligi haqida xabar qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.