Criminal Executive Code

150-modda. Moddiy-maishiy ta'minot va tibbiy xizmat ko'rsatish

(150-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Mahkumlarga intizomiy qismda harbiy ustavlar talablariga muvofiq maishiy-yashash sharoiti yaratib beriladi. Mahkumlarni oziq-ovqat, ust-bosh va boshqa narsalar bilan ta'minlash, shuningdek ularga tibbiy xizmat ko'rsatish harbiy ustavlar talablariga muvofiq muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun belgilangan norma asosida amalga oshiriladi. Kasalxona sharoitida tibbiy yordam olishga muhtoj mahkumlar, davolanish uchun soqchi nazorati ostida gospitalga jo'natiladi va maxsus jihozlangan palatalarda saqlanadi. Mahkumlarning shaxsiy hisobvarag'iga har oyda muddatli harbiy xizmat soldatlari va matroslari uchun belgilangan ta'minot puli o'tkazib boriladi. Mahkumlar o'z yonida saqlashi, pul o'tkazish yo'li bilan sotib olishi yoki posilka, yo'qlov va banderollar ichida olishi mumkin bo'lgan eng zarur narsalar va oziq-ovqat mahsulotlari ro'yxati qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.