Intizomiy qismga jo'natish tariqasidagi jazo O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining shunga maxsus mo'ljallangan harbiy qismlari (intizomiy qism) tomonidan ijro etiladi.
Mahkumlarni intizomiy qismga jo'natish va bu qismlarda qabul qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jazoni intizomiy qismda o'tash davrida barcha mahkumlar, harbiy unvonlari, lavozimlari va avvalgi xizmatlari xususiyatidan qat'i nazar, soldatlar (matroslar) holatida bo'ladilar hamda belgilangan ko'rinishdagi kiyimda yuradilar va tafovut belgilarini taqadilar.
Intizomiy qismda jazoni o'tayotgan harbiy xizmatchilar mahkumlar uchun ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilab qo'yilgan rejim talablariga rioya etishlari shart.
lex.uz’dagi asl matn149-modda. Jazoni ijro etish tartibi
(149-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.