Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar maxsus saqlash sharoitlariga ega bo'lgan maxsus tartibli koloniyalarda saqlanadilar. Ularga nisbatan ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda maxsus tartibli koloniyalar tartibi tatbiq etiladi.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar kameralarga ko'pi bilan ikki kishidan joylashtiriladilar. Mahkumlarning iltimosiga ko'ra yoki zarurat taqozo etganda ular bir kishilik kameralarda saqlanishlari mumkin.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoni qattiq, odatdagi va yengillashtirilgan saqlash sharoitlarida o'taydilar.
Umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar jazoning dastlabki o'n yilini qattiq saqlash sharoitlarida o'taydilar.
Jazoning kamida o'n yilini o'tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar qattiq saqlash sharoitlaridan odatdagi saqlash sharoitlariga o'tkazilishlari mumkin.
Jazoning kamida o'n besh yilini o'tagan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan umrbod ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlar odatdagi saqlash sharoitlaridan yengillashtirilgan saqlash sharoitlariga o'tkazilishlari mumkin.
lex.uz’dagi asl matn136-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tash tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.