Criminal Executive Code

130-modda. Mahkuma homilador ayollar va bolasi bor ayollar uchun qo'shimcha huquqlar

(130-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 июндаги ЎРҚ-625-сонли Қонунига асосан иккинчи ― бешинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.07.2020 й., 03/20/625/1007-сон)

Mahkuma homilador ayollar va uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayollar ushbu Kodeksda mahkumlar uchun nazarda tutilgan huquqlardan tashqari: muassasa hududi doirasidan tashqarida yashash; bolalarini jazoni ijro etish koloniyalari qoshidagi bolalar uyiga joylashtirish; bolalarini joylashtirib kelish va ular bilan uchrashish uchun muassasa doirasidan chetga chiqish huquqiga ham ega. Mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida to'rt marta, muddati besh sutkagacha bo'lgan uzoq muddatli uchrashuv, manzil-koloniyada saqlanayotganlarga esa, ishdan bo'sh vaqtda muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi. Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashishiga o'zining shaxsini, qarindoshligini yoki vasiyligini (homiyligini) tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim etgan taqdirda bitta yaqin qarindoshi yoki vasiy (homiy) kuzatuvida yo'l qo'yiladi. Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan bolalari bilan uchrashuvlari ushbu Kodeksda belgilangan uchrashuvlarga qo'shib hisoblanmaydi. Mahkuma ayollarning muassasadan tashqaridagi bolalar uylaridagi voyaga yetmagan bolalar bilan uchrashuvlari mahkuma ayollarning iltimosiga ko'ra amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.