Criminal Executive Code

125-modda. Tarbiya koloniyalarida jazoni o'tash shartlari

(125-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)

Tarbiya koloniyalarida mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar. Mahkumlar belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 87,9 foizigacha bo'lgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin. Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida: yigirma to'rt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv; yigirma to'rt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv; o'n ikkita posilka yoki yo'qlov; o'n ikkita banderol olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan mahkumlarga ota-onasi va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi. O'n sakkiz yoshga to'lgan va tarbiya koloniyalarida qoldirilgan mahkumlarga voyaga yetmagan mahkumlar uchun belgilangan normalarda ovqat, ust-bosh, moddiy-maishiy ta'minot va boshqa jazo o'tash sharoitlari tatbiq etiladi. Bu shaxslarning mehnat sharoitlari mehnat to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.