Turmalarda mahkumlar umumiy kameralarda saqlanadilar. Alohida hollarda mahkumning batamom ajratib qo'yilishini ta'minlash maqsadida muassasa boshlig'ining prokuror tomonidan tasdiqlangan qarori asosida uni bir kishilik kamerada saqlashga yo'l qo'yiladi.
Turmada mahkumlar belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 26,5 foizigacha bo'lgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.
Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:
to'rt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
to'rt marta masofali video-uchrashuv yoki telefon orqali so'zlashuv;
to'rtta posilka yoki yo'qlov;
to'rtta banderol olish huquqiga ega.
Turmalarda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o'tkazilgan mahkumlarga rag'batlantirish tarzida har kunlik sayr muddati bir soatga uzaytirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn123-modda. Turmalarda jazoni o'tash shartlari
(123-модда учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 15 январдаги ЎРҚ-1112-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.01.2026 й., 03/26/1112/0045-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.