Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni:
mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;
sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar o'taydilar.
Tuzalish yo'liga o'tgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga o'tkaziladi.
Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga o'tkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga o'tkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida o'taydilar.
lex.uz’dagi asl matn120-modda. Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni o'tash tartibi
(120-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 15 февралдаги ЎРҚ-817-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 16.02.2023 й., 03/23/817/0091-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.