Criminal Executive Code

112-modda. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi

(112-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 мартдаги ЎРҚ-825-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.03.2023 й., 03/23/825/0164-сон)

Jazoni o'tash tartibini kamida ikki marta qo'pol tarzda buzgan va buning uchun intizomiy bo'linmaga kiritib qo'yish tariqasidagi jazoga tortilgan mahkum, agar har bir intizomiy jazo belgilangan tartibda olib tashlanmagan yoki bekor bo'lmagan bo'lsa, saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb hisoblanadi. Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma'muriyat yo'llanmasi bilan bo'lishi kerak bo'lgan boshqa joyni o'zboshimchalik bilan o'n ikki soatdan ko'proq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi. Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi yengillashtirilgan saqlash sharoitiga, manzil-koloniyaga o'tkazilmaydi, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish hamda jazoni yengilrog'i bilan almashtirishga taqdim etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.