Criminal Executive Code

105-modda. Intizomiy jazo choralari

(105-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 23 мартдаги ЎРҚ-825-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.03.2023 й., 03/23/825/0164-сон)

Jazoni o'tash tartibini buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o'tayotgan mahkumlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qo'llanilishi mumkin: ogohlantirish; hayfsan; yengillashtirilgan saqlash sharoitlarini bekor qilish; navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish; intizomiy bo'linmaga kiritib qo'yish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar quyidagi hollarda intizomiy javobgarlikka tortilmaydi: mehnat normalarini bajarmaganligi uchun, agar bu mahkumning mehnatdan bo'yin tovlash oqibati bo'lmasa; ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ruhiy holati buzilishining bevosita oqibati hisoblangan biror-bir qoidabuzarligi uchun. Agar mahkum quyidagi harakatlardan birini sodir etsa, mehnatdan bo'yin tovlagan deb hisoblanadi: uzrli sabablarsiz ishga chiqmaslikni yoki ishga bir oy ichida ikki va undan ortiq marta kechikishni; ish vaqti davomida ish joyini uzrli sabablarsiz o'zboshimchalik bilan tark etishni yoki ishlab chiqarish vazifalarini qasddan bajarmaslikni yoxud bajarishni rad etishni. Intizomiy bo'linmaga kiritib qo'yish tariqasidagi jazo chorasi jazoni o'tash tartibini birinchi marta buzgan mahkumlarga nisbatan qo'llanilmaydi, bundan jazoni o'tash tartibini qo'pol tarzda buzish mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.