Criminal Executive Code

103-modda. Mahkumlarning saqlash sharoitini o'zgartirish bilan bog'liq bo'lmagan rag'batlantirish choralarini qo'llash tartibi

Mahkumga nisbatan tashakkur tariqasidagi rag'batlantirish og'zaki yoki yozma, boshqa rag'batlantirish choralari esa, yozma ravishda qo'llaniladi. Rag'batlantirish choralari ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda qo'llaniladi. Mahkumga nisbatan qo'llanilgan rag'batlantirish choralari haqida uning shaxsiy hujjatlar yig'majildiga tegishli yozuv kiritiladi. Mahkumga rag'batlantirish tarzida yil mobaynida ko'pi bilan ikkita posilka, yo'qlov yoki banderol olishga, ikki marta uchrashuvga ruxsat berilishi mumkin. Rag'batlantirish tarzida mahkumdan ilgari qo'llanilgan bitta intizomiy jazo muddatidan oldin olib tashlanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.