Criminal Executive Code

1-modda. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi

(1-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Jinoyat-ijroiya qonunchiligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat bo'ladi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligi: jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarini ijro etish printsiplari, tartibi va shartlarini; mahkumlarning huquqiy maqomini; mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qo'llash tartibini; mahkumlarni jazoni o'tashdan ozod qilish tartibini; jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini; mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.