Jamoat birlashmalari o'z a'zolari (qatnashchilari)ning ixtiyoriyligi, teng huquqliligi, o'zini o'zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va harakat qiladi.
Barcha jamoat birlashmalari o'z ustavlarida, boshqa hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarishda O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari doirasida ish ko'radilar.
Fuqaroning jamoat birlashmasi faoliyatida qatnashishi yoki qatnashmasligi uning huquqlari va erkinliklarini cheklash yoki unga imtiyozlar berish uchun, shu jumladan davlat tashkilotida lavozimni egallash sharti yoki Qonunda ko'zda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik uchun asos bo'la olmaydi.
Mehnat to'g'risidagi qonunlar, shuningdek mehnatkashlarning ijtimoiy ta'minoti va ijtimoiy sug'urta qildirish to'g'risidagi qonunchilik jamoat birlashmalari apparati xodimlariga nisbatan joriy etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun
4-modda. Jamoat birlashmalari tuzilishi va faoliyatining qoidalari
(4-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.