«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun

12-modda. Jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olishni rad etish

(12-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Agar jamoat birlashmasining ustavi ushbu Qonunning 3, 4 yoki 10-moddalari qoidalariga zid bo'lsa, yoxud ilgari xuddi shu nomdagi jamoat birlashmasi ro'yxatga olingan bo'lsa, jamoat birlashmasi ustavini ro'yxatga olishni rad etish mumkin. Ustavni ro'yxatga olish rad etilgan taqdirda bu haqda taqdim etilgan ustav qaysi qonunchilik qoidalariga zid ekanligi ko'rsatilib, ariza beruvchiga yozma ravishda xabar qilinadi. Jamoat birlashmasining ustavini ro'yxatdan o'tkazishning rad etilishi ustidan sudga shikoyat qilish mumkin va bu ish O'zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligida ko'zda tutilgan tartibda qarab chiqiladi. Xalqaro, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalarining ustavini ro'yxatdan o'tkazishning rad etilishi ustidan — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, mahalliy jamoat birlashmalari ustavini ro'yxatdan o'tkazish ishi ustidan esa — tegishli viloyat, Toshkent shahar sudiga shikoyat qilish mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.