«Jamoat birlashmalari to'g'risida»gi qonun

1-modda. Jamoat birlashmasi tushunchasi

(1-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

O'z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro'yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat birlashmasidir. Siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, kasaba uyushmalari, xotin-qizlar, yoshlar va bolalar tashkilotlari, veteranlar va nogironligi bo'lgan shaxslar tashkilotlari, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma'rifiy, jismoniy tarbiya-sport va boshqa ko'ngilli jamiyatlar, ijodiy uyushmalar, yurtdoshlar uyushmalari, assotsiatsiyalar va fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari deb e'tirof etiladi. Ushbu Qonun tijorat maqsadlarini ko'zlaydigan yoxud boshqa korxonalar va tashkilotlar foyda (daromad) orttirishiga ko'maklashadigan kooperativ tashkilotlarga hamda boshqa tashkilotlarga, diniy tashkilotlarga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga, shuningdek tashkil etish va faoliyat ko'rsatish tartibi boshqa qonunchilik bilan belgilanadigan o'zga organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.