Iste'molchi shartnoma tuzish yo'li bilan tovarni (ish xizmat)ni erkin sotib olish huquqiga ega bo'lib, bu shartnomaga ko'ra sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) iste'molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish (ish bajarish, xizmat ko'rsatish) majburiyatini, iste'molchi esa, shartlashilgan pulni to'lash majburiyatini o'z zimmalariga oladilar.
Narxnoma bilan qo'yilgan tovarlar hamda tovar (ish, xizmatlar) haqida keluvchilar e'tiboriga havola etiladigan ma'lumot tegishli shartnomani tuzish uchun taklif deb hisoblanadi.
Tomonlar o'rtasida shartnoma narsasi, miqdor, narx va boshqa muhim shartlar to'g'risida kelishuvga erishilsa, iste'molchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) o'rtasida shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Tuzilgan zahoti bajariladigan shartnoma, qoida tariqasida, og'zaki shaklda tuziladi, qonunchilikda belgilab qo'yilgan hollar bundan mustasno. Tuzilgan vaqtdan boshqa paytda (oldindan beriladigan buyurtmalar bo'yicha, jo'natma savdoda va boshqa hollarda) bajariladigan shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Iste'molchi sotib olingan tovar (ish, xizmat) sifatini, butligini, vazni va narxini tekshirish huquqiga ega, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) esa, nazorat-o'lchov asboblarini, narxga doir hujjatlarni taqdim etishi, tovarni ishlatib ko'rsatishi, undan xavfsiz va to'g'ri foydalanishni o'rgatishi, zarurat bo'lsa, tovarni ekspertizaga yuborishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
8-modda. Iste'molchining savdo va boshqa xizmat ko'rsatish turlari sohasida shartnoma tuzish hamda sotib olinayotgan tovar (ish, xizmat) sifatini tekshirish huquqi
(8-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.