«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun

27¹-modda. Davlat boshqaruvi organining ko'rsatmasi ustidan shikoyat qilish

(27¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2016 йил 25 апрелдаги ЎРҚ-405-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2016 й., 17-сон, 173-модда)

Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko'rsatmasi ustidan bevosita sudga yoki bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilishga haqli. Davlat boshqaruvi organining ko'rsatmasi ustidan bo'ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi. Davlat boshqaruvi organining ko'rsatmasi ustidan sudga shikoyat qilinishi uning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to'xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog'lig'iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatmalar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.