«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun

26-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo'lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari

(26-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 январдаги ЎРҚ-1021-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.01.2025 й., 03/25/1021/0063-сон)

Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo'lishini va ularning sifatini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo'lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari o'z vakolatlari doirasida: tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo'lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar; tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo'lishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizatsiya qilishni to'xtatish (ishlar bajarilishini, xizmatlar ko'rsatilishini to'xtatish), ularni iste'molchilardan qaytarib olish to'g'risida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) ko'rsatmalar yo'llaydilar, shuningdek, bu haqda iste'molchilarni xabardor qiladilar; ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo'lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarga da'vo arizasi beradilar. Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo'lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Hukumati muvofiqlashtirib boradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.