Davlat iste'molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog'idagi huquqlari hamda qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Iste'molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar ta'minlaydilar.
Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda iste'molchi qonunchilikda nazarda tutilgan o'z talablari qanoatlantirilishi uchun ustuvor huquqqa ega.
Quyidagilar iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir: O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi; O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi; O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi; O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi; iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishini o'z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.
lex.uz’dagi asl matn«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun
23-modda. Iste'molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta'minlash
(23-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 18 январдаги ЎРҚ-746-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2022 й., 03/22/746/0032-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.