«Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi qonun

21-modda. Shartnomaning iste'molchi huquqlarini cheklab qo'yadigan shartlari haqiqiy emasligi

(21-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 18 январдаги ЎРҚ-746-сонли Қонунига асосан учинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.01.2022 й., 03/22/746/0032-сон)

Shartnomaning iste'molchi huquqlarini cheklab qo'yadigan va qonunchilikka zid bo'lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo'llanishi natijasida iste'molchiga zarar yetkazilgan bo'lsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Sotuvchi (ijrochi) iste'molchini haq evaziga qo'shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo'shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko'rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas. Shartnomaga iste'molchilarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarini kamsitadigan shartlarni kiritish, shuningdek ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va afzalliklarni bermaslik taqiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.