«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

53-modda. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish ijrosini kechiktirish

Ipotekaga qo'yuvchi fuqaro (jismoniy shaxs) bo'lgan hollarda, basharti garov bu fuqaroning (jismoniy shaxsning) tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog'liq bo'lmasa, u ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha qanday mol-mulkni garovga qo'yganidan qat'i nazar, uzrli sabablar bo'lgan taqdirda, sudning qaroriga ko'ra undiruvni ijroga qaratish ipotekaga qo'yuvchining arizasiga muvofiq sud tomonidan bir yilgacha muddatga kechiktirilishi mumkin. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish ijrosini kechiktirish bu mol-mulk ipotekasi bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha taraflarning huquq va majburiyatlariga daxl etmaydi hamda qarzdorni kreditorning kechiktirish davri mobaynida ko'paygan zararlarini o'rnini qoplashdan, kreditorga tegishi kerak bo'lgan foizlar va neustoykani to'lashdan ozod qilmaydi. Agar qarzdor unga kechiktirish tufayli berilgan vaqt doirasida kreditorning ipoteka bilan ta'minlangan talablarini mazkur talablarni qanoatlantirish paytidagi hajmda qanoatlantirsa, sud ipotekaga qo'yuvchining arizasiga ko'ra, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish to'g'risidagi qarorini bekor qiladi. Garovga qo'yilgan mol-mulkni realizatsiya qilishni kechiktirishga, agar kechiktirish ipotekaga oluvchining moliyaviy ahvoli jiddiy tarzda yomonlshuviga olib kelishi mumkin bo'lsa, yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.