«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

51-modda. Sudga murojaat etish huquqi

Kimoshdi savdosini yoki auktsionni o'tkazish tartib-taomili buzilgan taqdirda, ipotekaga qo'yuvchi, shuningdek asosiy majburiyat bo'yicha qarzdor, agar u ipotekaga qo'yuvchi bo'lmasa, kimoshdi savdosi yoki auktsion natijalari xususida e'tiroz bildirib, ko'chmas mulk turgan joydagi sudga kimoshdi savdosi yoki auktsion o'tkazilgan sanadan e'tiboran uch oy ichida murojaat etishga haqli. Da'vo arizasi berilishi kimoshdi savdosi yoki auktsion natijalaridan kelib chiqadigan xatti-harakatlar amalga oshirilishini, agar sud tomonidan shunday xatti-harakatlar amalga oshirilishini to'xtatib turish haqida ajrim chiqarilmagan bo'lsa, to'xtatib qo'ymaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.