«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

49-modda. Undiruvning garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratilishini va mol-mulk realizatsiya qilinishini tugatish

Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat bo'yicha qarzdor va uchinchi shaxs bo'lgan ipotekaga qo'yuvchi (ashyoviy kafil) ipotekaga oluvchining ipoteka bilan ta'minlangan barcha talablarini bu talablarning tegishli summalar to'langan paytdagi hajmida qanoatlantirib, undiruvning garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratilishini tugatishga haqli. Bu huquq garovga qo'yilgan mol-mulk sotilgan paytga qadar yoki ipotekaga oluvchi bu mol-mulkka bo'lgan huquqni belgilangan tartibda olgan paytga qadar istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin. Undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish yoki mol-mulkni realizatsiya qilish tugatilishini talab qiluvchi shaxs ipotekaga oluvchiga undiruvni bu mol-mulkka qaratish va uni realizatsiya qilish munosabati bilan qilgan xarajatlarini qoplashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.