Garovga qo'yilgan mol-mulkni sotish ochiq auktsionda amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, yopiq auktsion o'tkazilishiga yo'l qo'yiladi.
Garovga qo'yilgan mol-mulkni sotish bo'yicha auktsion tashkilotchisi sifatida buning uchun ipotekaga oluvchi tomonidan ipotekaga qo'yuvchining roziligi bilan tanlangan, ipotekaga oluvchi bilan shartnoma asosida faoliyat ko'rsatadigan va uning yoki o'zining nomidan ish ko'radigan ixtisoslashgan tashkilot ish yuritadi. Ipotekaga oluvchi va ipotekaga qo'yuvchi o'rtasida ixtisoslashgan tashkilotni tanlash yuzasidan kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Auktsionda g'olib chiqqan shaxs va auktsion tashkilotchisi auktsion o'tkazilgan kuni auktsion natijalari to'g'risidagi bayonnomani imzolaydilar.
Auktsionda g'olib chiqqan shaxs xarid narxini to'lagan paytdan e'tiboran besh kun ichida auktsion tashkilotchisi u bilan notarial tartibda tasdiqlangan shartnomaga tenglashtiriladigan oldi-sotdi shartnomasini tuzadi. Bu shartnoma va auktsion natijalari to'g'risidagi bayonnoma binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga zarur yozuvlar kiritish uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
47-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkni auktsionda sotish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.