«Ipoteka to'g'risida»gi qonun

28¹-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratish oqibatlari

(28¹-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 16 октябрдаги ЎРҚ-448-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 2017 й.)

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijro etilayotganda undiruv garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratilgan taqdirda, davlat ijrochisi garovga qo'yilgan mol-mulk xatlab qo'yilganidan keyin uch kunlik muddat ichida bu haqda ipotekaga oluvchiga xabarnoma yuboradi. Bunda ipotekaga oluvchi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatning muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga, agar uning talabi qanoatlantirilmasa, undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Agar ipotekaga oluvchi ushbu huquqdan foydalanmagan bo'lsa, ipoteka tugatiladi, bundan garovga qo'yilgan mol-mulk kimoshdi savdosida realizatsiya qilinmaganligi va talablari garov bilan ta'minlanmagan kreditorlarning o'z talablarini qanoatlantirish uchun ­mazkur mol-mulkni qabul qilishni rad etganligi hollari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.