Ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulkni ipotekaga oluvchining roziligisiz, agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ijaraga berishga, vaqtincha tekin foydalanish uchun berishga va boshqa shaxs bilan kelishuvga ko'ra, unga bu mol-mulkdan cheklangan holda foydalanish huquqini berishga (servitutga) haqli bo'lib, bunda:
mol-mulk foydalanishga berilayotgan muddat ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan oshmasligi;
mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga mo'ljallangan bo'lsa, shunga mos keladigan maqsadlarda foydalanishga berilishi shartlariga rioya etilishi kerak.
Ipotekaga oluvchi ipoteka to'g'risidagi shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra undiruvni garovga qo'yilgan mol-mulkka qaratgan taqdirda, ipoteka to'g'risidagi shartnoma tuzilganidan keyin ipotekaga qo'yuvchi tomonidan ipotekaga oluvchining roziligisiz uchinchi shaxslarga berilgan barcha ijara huquqlari hamda bu mol-mulkdan foydalanishga doir boshqa huquqlar undiruvni mol-mulkka qaratish to'g'risidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan e'tiboran tugatiladi, agar ipotekaga oluvchining talablari sudga murojaat qilinmasdan qanoatlantirilayotgan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchi bilan ipotekaga oluvchi o'rtasidagi undiruvni mol-mulkka qaratish to'g'risidagi kelishuv notarial tartibda tasdiqlangan paytdan e'tiboran yoxud ipoteka to'g'risidagi shartnomada belgilangan shartlar asosida tugatiladi.
Ipotekaga qo'yuvchi garovga qo'yilgan mol-mulkni uchinchi shaxslar foydalanishiga ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat muddatidan ortiq muddatga yoki mol-mulk qanday maqsadlarda foydalanishga mo'ljallangan bo'lsa, shunga mos kelmaydigan maqsadlarda faqat ipotekaga oluvchining roziligi bilan berishi mumkin.
Garovga qo'yilgan mol-mulkning ipotekaga qo'yuvchi tomonidan boshqa shaxsga foydalanish uchun berilishi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchini ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishdan ozod etmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
27-modda. Garovga qo'yilgan mol-mulkka boshqa shaxslarning huquqlarini yuklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.