Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka narsasiga egalik qilishga va undan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishga haqli.
Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka narsasidan mahsulot, hosil va daromad olishga haqli. Agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga oluvchi ana shu mahsulot, hosil va daromadga bo'lgan huquqlarga ega bo'lmaydi.
Agar ipoteka to'g'risidagi shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ipotekaga qo'yuvchi ipoteka narsasini lozim darajada asrash uchun, shu jumladan uni o'z vaqtida joriy ta'mirlashni o'tkazish, undan oqilona foydalanish hamda uni boshqa shaxslarning qonunga xilof tajovuzlari va talablaridan himoya qilish uchun o'z hisobidan barcha zarur choralarni ko'rishi shart.
Ipotekaga qo'yuvchi ipoteka narsasining yo'q bo'lib ketishi, shikastlanishi, buzilishi yoki holati yomonlashuviga olib keluvchi har qanday xavf-xatar, shuningdek ipotekaga oluvchining ipoteka to'g'risidagi shartnoma bo'yicha huquqlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan har qanday holat to'g'risida ipotekaga oluvchini o'z vaqtida yozma shaklda xabardor etishi kerak.
Ipotekaga oluvchi ipoteka to'g'risidagi shartnoma amal qiladigan muddat davomida ipoteka narsasining mavjudligini, holatini, uni asrash va undan foydalanish sharoitlarini tekshirish huquqiga ega. Ipotekaga oluvchi tomonidan bunday tekshiruv o'tkazilishi ipoteka narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishni to'xtatib qo'ymasligi yoki ipotekaga qo'yuvchining yoxud ipoteka narsasi vaqtincha foydalanishida turgan boshqa shaxsning huquqlarini o'zgacha tarzda buzmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
22-modda. Ipoteka narsasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni asrash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.