Ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni va ularga doir bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun belgilangan tartibda binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Shartnoma asosidagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ipoteka to'g'risidagi shartnoma asos bo'ladi.
Qonun asosidagi ipotekaning vujudga kelishiga sabab bo'luvchi kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun asos bo'ladi. Qonun asosidagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish alohida ariza berilmagan va ro'yxatdan o'tkazganlik uchun yig'im to'lanmagan holda amalga oshiriladi.
Qonun asosidagi ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish, agar qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, qaysi shaxsning huquqlariga ipoteka yuklangan bo'lsa, shu shaxsning mulk huquqini davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Qonun asosidagi ipoteka bo'yicha ipotekaga oluvchining huquqlari garov xati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Binolar (inshootlar) garovi davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazuvchi organ tomonidan ipoteka to'g'risidagi qayd yozuvi amalga oshirilgan kun ipoteka davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sana hisoblanadi.
Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat mazmuni navbatdagi ipoteka bilan o'zgartirilganda, shuningdek ipoteka narsasiga bo'lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bu mol-mulkni haq evaziga yoxud haq olmasdan tasarrufdan chiqarilishi natijasida yoki universal huquqiy vorislik tartibida ipotekaga quyuvchidan boshqa shaxsga o'tkazilganida ipoteka qo'shimcha ravishda davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Mazkur talabning bajarilmasligi ipoteka bilan ta'minlangan majburiyatda amalga oshirilgan o'zgarishlar haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi.
Ipoteka bilan ta'minlangan majburiyat qarzdor tomonidan bajarilganida, ipotekaga oluvchi ipotekaga qo'yuvchining talabiga ko'ra ro'yxatdan o'tkazuvchi organga binolar (inshootlar) garovi davlat reyestriga tegishli o'zgartishlar kiritish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi shart. Ipotekaga oluvchi tomonidan mazkur talab bajarilmagan taqdirda ipotekaga qo'yuvchi undan bu majburiyat bajarilmaganligi tufayli o'ziga yetkazilgan zararlarning o'rni to'la hajmda qoplanishini talab qilishga haqli.
Har qanday shaxs ro'yxatdan o'tkazuvchi organda tegishli mol-mulk ipotekasi to'g'risida qayd yozuvi borligi yoki yo'qligi haqida ma'lumot hamda ipoteka to'g'risidagi qayd yozuvidan tasdiqlangan ko'chirma olishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn«Ipoteka to'g'risida»gi qonun
13-modda. Ipotekani davlat ro'yxatidan o'tkazish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.