Economic Procedure Code

99-modda. Da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish

(99-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 майдаги ЎРҚ-769-сонли Қонунига асосан саккизинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2022 й., 03/22/769/0421-сон)

Da'voni ta'minlash choralari ishni ko'rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko'ra bekor qilinishi mumkin. Da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish to'g'risidagi masala sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisning vaqti va joyi to'g'risida ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi. Da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi. Ajrimning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Da'vo qanoatlantirilgan taqdirda, da'voni ta'minlash choralari sud hujjati amalda ijro etilguniga qadar o'z kuchini saqlaydi. Da'voni qanoatlantirish rad etilgan, da'vo ko'rmasdan qoldirilgan, ish yuritish tugatilgan hollarda, da'voni ta'minlash choralari tegishli sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar o'z kuchini saqlaydi. Biroq sud ko'rsatilgan sud hujjatlarini qabul qilish bilan bir vaqtda yoki ular qabul qilinganidan keyin da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish haqida ajrim chiqarishi mumkin. Hakamlik sudining da'vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi hal qiluv qarori da'voni ta'minlash choralari iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi uchun asos bo'ladi. Da'vo talablarini qanoatlantirishni rad etish haqidagi arbitrajning hal qiluv qarori ta'minlash choralarini iqtisodiy sud tomonidan bekor qilish uchun asos bo'ladi. Da'voni ta'minlash choralarini bekor qilish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.