Economic Procedure Code

97-modda. Da'voni ta'minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish

Da'voni ta'minlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishga yo'l qo'yiladi. Da'voni ta'minlash chorasini almashtirish ishni ko'rayotgan sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga ko'ra amalga oshirilishi mumkin. Da'voni ta'minlash chorasini almashtirish to'g'risidagi masala sud majlisida hal etiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi da'voni ta'minlash chorasini almashtirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish uchun to'sqinlik qilmaydi. Da'voni ta'minlash chorasini almashtirish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi. Da'voni ta'minlash chorasini almashtirish haqidagi yoki almashtirishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Shikoyat (protest) berilishi ajrimning ijrosini to'xtatib qo'ymaydi. Pul mablag'larini undirish to'g'risidagi da'voni ta'minlashda javobgar da'voni ta'minlash bo'yicha belgilangan choralarni qo'llash o'rniga sudning depozit hisobvarag'iga da'vogar talab qilayotgan summani o'tkazib qo'yishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.