Economic Procedure Code

93-modda. Da'voni ta'minlash asoslari

(93-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 майдаги ЎРҚ-769-сонли Қонунига асосан олтинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2022 й., 03/22/769/0421-сон)

Ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi da'voni ta'minlash choralarini ko'rish uchun asos bo'ladi. Da'voni ta'minlashga, agar shunday choralarni ko'rmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoxud bajarib bo'lmaydigan qilib qo'yishi mumkin bo'lsa, iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida yo'l qo'yiladi. Davlat foydasiga mulkiy undirish bilan bog'liq ishlar bo'yicha sud da'vogarning arizasiga ko'ra da'voni ta'minlash choralarini ko'rishi shart. Davlat organining, fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organining qonunga zid hujjati qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga zid harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida tadbirkorlik sub'yektiga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash to'g'risidagi da'voni ko'rishda sud da'vogarning arizasi bo'yicha da'voni ta'minlash choralarini ko'rishi shart. Hakamlik sudida ko'rib chiqilayotgan ish bo'yicha da'voni ta'minlash choralari hakamlik muhokamasi tarafining arizasiga ko'ra iqtisodiy sud tomonidan ko'rilishi mumkin. Arbitraj sudida ko'rilayotgan da'voni ta'minlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga ko'ra iqtisodiy sud tomonidan ko'rilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.