Economic Procedure Code

63-modda. Vakilning vakolatlari

(63-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 20 мартдаги ЎРҚ-531-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.03.2019 й., 03/19/531/2799-сон)

Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, bundan da'vo arizasini imzolash, ishni hakamlik sudiga topshirish, da'vo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va da'voni tan olish, da'vo predmetini yoki asosini o'zgartirish, kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to'g'risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuvni tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo'yicha qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulkni yoki pulni olish mustasno. Vakilning ushbu moddada ko'rsatilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga bo'lgan vakolatlari u qaysi shaxs tomonidan vakil qilinayotgan bo'lsa, o'sha shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.