Economic Procedure Code

52-modda. Sud majlisining kotibi

Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sudyaning topshirig'i bo'yicha ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash uchun zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshiradi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni sud muhokamasining vaqti va joyi haqida xabardor qiladi hamda ularning sudga kelgan-kelmaganligini tekshiradi, kelmaganlik sabablarini aniqlashtiradi va bu haqda sudyaga ma'lum qiladi, bajarilayotgan protsessual harakatlar bo'yicha bayonnoma yuritadi, sudyaning sud majlisiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish, shuningdek sud hujjatini ijroga yuborish bilan bog'liq bo'lgan boshqa barcha topshiriqlarini bajaradi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan protsessual harakatlar amalga oshirilayotgan vaqtda sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi sifatida qatnashadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.