Economic Procedure Code

37-modda. Alohida sudlovga tegishlilik

(37-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонунига асосан олтинчи қисми билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)

Ko'chmas mulkka bo'lgan mulk huquqini tan olish to'g'risidagi da'volar, ko'chmas mulk haqidagi nizolar, shu jumladan ko'chmas mulkni boshqa shaxsning g'ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish to'g'risidagi yoxud mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bog'liq bo'lmagan holda buzilishini bartaraf etish haqidagi va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar to'g'risidagi boshqa da'volar ko'chmas mulk joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. Tashuvchiga nisbatan yo'lovchilar, bagaj va yuklarni tashish shartnomalaridan kelib chiqadigan da'volar, shu jumladan, agar javobgarlardan biri tashuvchi bo'lsa, transport tashkilotining organi joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza hakamlik sudi joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga beriladi. Hakamlik sudida ko'rilayotgan da'voni ta'minlash choralarini ko'rish to'g'risidagi, shuningdek hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza hakamlik sudi joylashgan yerdagi yoki qarzdor davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi yoxud agar qarzdor davlat ro'yxatidan o'tgan joy noma'lum bo'lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi. Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiktsiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga ko'maklashish, shuningdek arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to'g'risidagi ariza arbitraj joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga beriladi. Mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to'g'risidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ravishda bajarmagan taraf davlat ro'yxatidan o'tgan joydagi yoki, agar u davlat ro'yxatidan o'tgan joy noma'lum bo'lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi. Ta'minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish, arbitraj sudida ko'rilayotgan da'voni ta'minlash choralarini ko'rish to'g'risidagi ariza arbitraj joylashgan yerdagi yoki qarzdor davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joydagi yoxud, agar qarzdor davlat ro'yxatidan o'tkazilgan joy noma'lum bo'lsa, uning mol-mulki turgan joydagi iqtisodiy sudga beriladi. Korporativ nizolar bo'yicha da'volar ushbu Kodeksning 30-moddasida ko'rsatilgan yuridik shaxs joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. Qarshi da'volar dastlabki da'vo ko'rilayotgan joydagi sudga taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.