Economic Procedure Code

339-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi

Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati: ijro varaqasi ijroga taqdim etilganda; ijro varaqasi qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilganidan so'ng muddatning o'tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar o'tgan vaqt yangi muddatga qo'shib hisoblanmaydi. Ijro varaqasi uni to'liq yoki qisman ijro etish imkoniyati yo'qligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat uzilganidan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi undiruvchiga qaytarilgan kundan e'tiboran hisoblab chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.