Taftish tartibidagi shikoyat (protest) Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran bir oydan ortiq bo'lmagan muddatda ko'rib chiqiladi.
Taftish tartibidagi shikoyat (protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ko'rib chiqish uchun o'tkazilgan kundan e'tiboran bir oydan kechiktirmay ko'rib chiqilishi kerak.
Alohida hollarda taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rib chiqish muddati ishni ko'rayotgan sudlov hay'ati tomonidan ko'pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan taftish tartibidagi protest O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga kelib tushgan kundan e'tiboran ikki oydan kechiktirmay ko'rib chiqilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn324³-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'rish muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.