Ushbu Kodeksning 307 — 313-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o'rganiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo'lgan hollarda esa ishni talab qilib olgan holda o'rganadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o'rganish natijalari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi:
1) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeksning 316-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risida;
2) shikoyatni (protestni) ushbu Kodeks 317-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra qaytarish to'g'risida;
3) sud hujjatlarini taftish tartibida tekshirish uchun asoslar mavjud bo'lmasa, shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risida;
4) shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish to'g'risida ajrim chiqaradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to'g'risida besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi, taftish tartibidagi shikoyatni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga ko'rib chiqish uchun o'tkazishni rad etish to'g'risida yoki taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni ko'rib chiqish uchun ish bilan birga O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atiga o'tkazish to'g'risida esa shikoyat (protest) O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga kelib tushgan kundan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Ajrimning ko'chirma nusxasi taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) bergan shaxsga va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ajrim chiqarilganidan keyingi kundan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn319-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) o'rganish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.