Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to'g'risidagi masala sudya tomonidan yakka tartibda shikoyat (protest) sudga kelib tushgan kundan e'tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.
Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish to'g'risida ajrim chiqariladi, uning ko'chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga u chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmay, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn314-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi masalani hal etish tartibi va muddati
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.