Economic Procedure Code

308-modda. Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ko'radigan sudlar

Taftish tartibidagi shikoyat (protest): ushbu Kodeks 307-moddasining birinchi qismida ko'rsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan; ushbu Kodeks 307-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'ati tomonidan ko'riladi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo'yicha sudlov hay'atida taftish tartibida ko'rilgan ishlar bo'yicha sud hujjatlari, shuningdek taftish tartibida qabul qilingan sud hujjatlari ustidan O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan protest keltirilganda — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.