Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Birinchi instantsiya sudining ajrimi, qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo'yicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko'rish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ko'riladi.
Kassatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko'rish natijalari bo'yicha quyidagilarga haqli:
1) birinchi instantsiya sudining ajrimini, qarorini o'zgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instantsiya sudining ajrimini, qarorini o'zgartirishga yoki bekor qilishga;
3) da'vo arizasini qabul qilishni rad etish to'g'risidagi, da'vo arizasini qaytarish, da'vo arizasini ko'rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to'xtatib turish haqidagi ajrimni bekor qilishga va da'vo arizasini, ishni ko'rish uchun birinchi instantsiya sudiga yuborishga;
4) birinchi instantsiya sudining ajrimini bekor qilishga va da'vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko'rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga.
lex.uz’dagi asl matn305-modda. Birinchi instantsiya sudining ajrimi, qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)
(305-модда Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.