Economic Procedure Code

301-modda. Kassatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari

(301-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya instantsiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha: 1) hal qiluv qarorini o'zgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini o'zgartirishga; 4) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da'voni to'liq yoki qisman ko'rmasdan qoldirishga; 5) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo'lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga haqli. Ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'radi. Ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar ko'rsatiladi. Sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto'g'ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi. Bunday holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.