Economic Procedure Code

291-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

(291-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega bo'lmagan shaxs tomonidan berilgan bo'lsa; 2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonuniy kuchga kirmagan yoki qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin bo'lmagan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa; 3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida ko'rilgan sud hujjati ustidan berilgan bo'lsa; 4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash rad etilgan bo'lsa; 5) kassatsiya shikoyatidan (protestidan) uni bergan shaxs voz kechganligi (uni chaqirib olganligi) sababli kassatsiya shikoyati (protesti) bo'yicha ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim mavjud bo'lsa. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari ko'rsatiladi, kassatsiya shikoyatini berishda to'langan davlat bojini qaytarish haqidagi masala hal etiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim ustidan taftish shikoyati (protesti) berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.