Economic Procedure Code

285-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati

(285-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e'tiboran olti oy ichida berilishi mumkin. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o'tkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha kassatsiya instantsiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o'tgan kundan e'tiboran uch oy ichida berilgan va kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o'tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo'lsa, tiklanishi mumkin. Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.