Hakamlik muhokamasi bilan bog'liq bo'lgan ishlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) da'voni ta'minlash yuzasidan choralar ko'rish to'g'risidagi arizalar bo'yicha ishlar;
2) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish haqidagi arizalar bo'yicha ishlar;
3) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqalari berish to'g'risidagi arizalar bo'yicha ishlar.
Iqtisodiy sudlar ushbu moddaning birinchi qismida sanab o'tilgan ishlarni ushbu Kodeksning 8, 28 va 29-boblarida ko'rsatilgan xususiyatlar bilan birgalikda iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha ko'rib chiqadi.
lex.uz’dagi asl matn28-modda. Hakamlik muhokamasi bilan bog'liq ishlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.