Economic Procedure Code

253-modda. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizani qaytarish

O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudi chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish haqidagi masalani hal etishda, u ushbu Kodeks 249 — 252-moddalarining talablari buzilgan holda taqdim etilganligini aniqlasa, ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni o'z ajrimi bilan qaytaradi. Ajrim, ariza va unga ilova qilingan hujjatlar arizachiga yoki uning vakiliga ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran besh kun ichida yuboriladi. Arizani qaytarish uchun asos bo'lgan holatlar bartaraf etilganidan keyin manfaatdor shaxs umumiy tartibda ariza bilan O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy sudiga yangidan murojaat etishga haqli. Chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi arizani qaytarish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza iqtisodiy sudga dastlabki murojaat etilgan kunda berilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.