Economic Procedure Code

243-modda. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan ishlarni ko'rishning protsessual oqibatlari

Agar chet davlat sudining ish yurituvida ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha nizo yuzasidan ish ko'rib chiqilayotgan bo'lsa, mazkur ishni ko'rish O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatiga kirmasa, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi da'vo arizasini ushbu Kodeksning 10-bobi qoidalari bo'yicha ko'rmasdan qoldiradi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudi, agar chet davlat sudining ayni bir shaxslar o'rtasidagi, ayni bir predmet to'g'risidagi va ayni bir asoslar bo'yicha qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori mavjud bo'lsa, ushbu ishni ko'rish O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy sudining mutlaq vakolatiga kirmasa yoki ko'rsatilgan hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 248-moddasiga muvofiq tan olinsa va ijro etilsa, ushbu Kodeks 11-bobining qoidalari bo'yicha ish yuritishni tugatadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.